2023-yil 24-fevral kuni davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat” tashkil etildi. Har doimgidek, Jizzax shahar hokimligi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
O‘quv soati davomida tinglovchilar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi mas’ul xodimi Shermat Xolmatovning “O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi mazmun-mohiyati” mavzusini tingladilar.