Ijtimoiy tarmoqlarda “Yozishlaricha, Jizzax shahri “Eski shahar” buyum bozordagi yo‘l talabga javobga bermaydi. Yog‘ingarchilik kunlari ko‘lmaklar hosil bo‘lmoqda va harakatlanishni qiyinlashtirmoqda.” degan mavzudagi postga
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yozishlaricha, Jizzax shahri “Eski shahar” buyum bozordagi yo‘l talabga javobga bermaydi. Yog‘ingarchilik kunlari ko‘lmaklar hosil bo‘lmoqda va harakatlanishni qiyinlashtirmoqda.” degan mavzudagi postiga Jizzax shahar hokimligi quyidagilarni bayon qiladi:
2023-yil 15-fevral kuni “Eski shahar dehqon (oziq-ovqat) bozori” MChJ hududining yon Xalqabod ko‘chasi tomondan ikkita kirish qismiga to‘rtta katta (XAVO mashina) yuk tashish avtomobilida shag‘al yotqizildi.
Shag‘al “Eski shahar Dehqon bozori” MChJ raisi Mo‘min Sodiqov tomonidan olib kelindi. Ishlarni olib borilishida bozor ishchi xodimlari kamarbasta bo‘lishdi.