Yoshlar ishlari agentligi Jizzax shahar bo‘limi va Jizzax shahar hokimligi hamkorlikda Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limiga gaqarashli 22-umumta’lim maktabida Yoshlar ishlari agentligi Jizzax shahar bo‘limi xuzurida “Jizzax shaxmat klubi” tashkil qilindi.
Ajratilgan xona to‘liq shaxmat talablariga mos bezatilib, zamonaviy shaxmat doskasi, soati, parta-stuli va kitoblar bilan ta’minlandi. Jizzax shaxmat klubida bir vaqtda 24 nafar shaxmatchi o‘ynashi mumkin.
Jizzax shahrida endilikda xuddi shunday shaxmat klublaridan yana 10 ta barpo qilinadi.