2023-yil 29-yanvar kuni Jizzax shahar Sayiljoyi mahallasida yashovchi tadbirkor, quruvchi Holbotayev Oyqor aka tashabbusi bilan kam ta’minlangan oilalarga 25kg ehson oshi tarqatildi. Yurtimizda mana shunday sahovatpesha insonlarimiz ko‘p bo‘lsa xalqimiz yanada farog‘on bo‘ladi.