Ochiq muhokama oʻtkazildi
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-sonli Qonunning 19-20-moddalarida Ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning e’lon qilinishi, Huquq egalari bilan ochiq muhokamalar o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ““Jizzax shahar “Oqqurg‘onlik” MFY hududida “Viloyat ko‘p tarmoqli markaziy shifoxona” markaziy poliklinika va tug‘ruq kompleksi binosini qurilishi munosabati bilan buzilishga tushgan 4 nafar fuqarolarga yetkazilayotgan zararni qoplab berilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-sonli Qonuni hamda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shahslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 1047-sonli qarori talablari asosida, buzilishga tushgan ko‘chmas mulk egalari bilan ochiq muhokama oʻtkazildi.