Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

11 октябрь 2023 йил
74
0

Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat chegarasi delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilinadi.
Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining va chegaradosh davlatlarning vakillaridan iborat bo‘lgan hukumatlararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat chegarasi quyidagicha belgilanadi:
• quruqlikda — o‘ziga xos nuqtalar, relyefning chiziqlari yoki aniq ko‘rinib turadigan joylar (oriyentirlar) bo‘yicha;
• kemalar qatnaydigan daryolarda — daryoning bosh farvateri o‘rtasi yoki talvegi bo‘ylab;
• kemalar qatnamaydigan daryolarda (jilg‘alarda) — ularning o‘rtasi yoki daryo (jilg‘a) asosiy o‘zanining o‘rtasi bo‘ylab;
• chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida — Davlat chegarasi ko‘l yoki boshqa suv havzasi qirg‘oqlariga chiqqan joylarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha. Bunda daryo, jilg‘a, ko‘l yoki boshqa suv havzasi orqali o‘tadigan Davlat chegarasi ular qirg‘oqlarining ko‘rinishi yoki suv sathi o‘zgarganda ham, daryo, jilg‘a oqimi u yoki bu tomonga burilganda ham o‘zgarmaydi;
• suv omborlarida va boshqa sun’iy suv havzalarida — ular suv bilan to‘ldirilguniga qadar Davlat chegarasining mazkur joydan o‘tgan chizig‘iga muvofiq;
• chegara daryolari, ko‘llari yoki boshqa suv havzalari orqali o‘tuvchi ko‘priklarda, to‘g‘onlar va boshqa inshootlarda — Davlat chegarasi suvning qaysi joyidan o‘tishidan qat’i nazar, ushbu inshootlarning o‘rtasi yoki ularning texnologik o‘qi bo‘ylab.
Davlat chegarasi joylarda aniq ko‘rinib turadigan chegara belgilari bilan ko‘rsatib qo‘yiladi.
Davlat chegarasini kesib o‘tish quyidagicha amalga oshiriladi:
• quruqlikda, chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida — xalqaro temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo‘llarining Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun belgilangan joylarida;
• samoviy hududda — xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo‘laklarida.
Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda:
• belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish;
• transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;
• har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.
Chegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qoʻshimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:
• chegara mintaqasiga begona shaxslarning kirishiga;
• xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga;
• suzish vositalarining chegara daryolariga, koʻllariga va boshqa suv havzalariga kirishiga.
Xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga oʻtkazish punktlariga kirish (ulardan chiqish) uchun ruxsatnomalar Chegara qoʻshinlari yoki Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan beriladi.
Manba: OʻRQ–868-son, 13.09.2023-y.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар