NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TMOQDA
Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan «Siyosiy-maʼrifat soati»da Jizzax shahar hokimligi xodimlari ham ishtirok etib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari to‘g‘risida zaruriy maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, «Siyosiy-maʼrifat soati»da, "Mutolaa vaqti" rukni, Davlat fuqarolik xizmatchilariga samarador va natijador davlat xizmati bo'yicha Singapur tajribasi, konstitutsiyaviy savodxonlik, Norman Vincent Pealedan ijobiy fikrlash kuchi haqida videolavha hamda O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
«Siyosiy-maʼrifat soati» Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati