Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Xususiy mulk huquqini himoya qilish bilan bog‘liq ma’muriy nizolarning sud tomonidan ko‘rib chiqilishining umumiy asoslari

Xususiy mulk huquqini himoya qilish bilan bog‘liq ma’muriy nizolarning sud tomonidan ko‘rib chiqilishining umumiy asoslari

25 июль 2023 йил
78
0

Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanadilar.
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin.Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan qurilayotgan uy-joy qurilish tamom bo‘lguncha va ro‘yxatdan o‘tkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorbog‘ga va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga - sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim.
Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Basharti, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas.
Yuqoridagi qonunga asosan fuqarolar tomonidan xususiy mulk huquqi himoya qilish maqsadida sudlarga (jumladan ma’muriy sudlarga) ariza bilan murojaat qilgan taqdirda ularning arizalari sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslari va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonida xususiy mulk daxlsizligi, iqtisodiy faoliyat va erkinligini ta’minlash, tajovuzlardan himoya qilish, xususiy mulkni saqlash va yanada ko‘paytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida belgilangan vazifalar sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Biroq mulkdorlar huquqlarini cheklash, mol-mulkni, xususan, yer uchastkalarini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bilan bog‘liq muammolar kundalik hayotda uchrab turadi.
Hozirgi kunda xususiy mulkni himoya qilish sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar va ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan o‘zboshimchalik bilan xususiy mulk huquqini poymol qilish, ayrim mansabdor shaxslarning adolatsiz va asossiz vajlar bilan ko‘chmas mol-mulkni buzish holatlari uchrab turibdi.
Shuning uchun qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotidagi xususiy mulkni himoya qilish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlar va bo‘shliqlarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish va qonunchilikni takomillashtirish lozim bo‘ladi.

M.M.Yuldashev

 Jizzax tumanlararo
ma’muriy sudining sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар