So‘nggi olti oyda Jizzaxda “Tez yordam”ga murojaat eng kam bo‘lgan
Mamlakatimizda shakllangan tez tibbiy yordam xizmati aholiga sifatli va zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.
Buni esa 2023 yilning o‘tgan olti oyi davomida “103” xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar sonidan ham bilish mumkin.Buni esa 2023 yilning o‘tgan olti oyi davomida “103” xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar sonidan ham bilish mumkin.
— Joriy yil yanvar-iyun oylarida “Tez yordam”ga mamlakatimiz bo‘yicha jami 6 million 337 ming 764 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Shundan 432 764 nafar katta yoshli, 155 978 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.
Eng ko‘p murojaatlar:
— Farg‘ona viloyatida — 697 224 ta;
— Andijon viloyatida — 640 316 ta;
— Toshkent shahrida — 624 367 ta;
— Toshkent viloyatida — 609 270 ta;
— Namangan viloyatida — 580 912 ta qayd etilgan.
“Tez yordam” xizmatiga eng kam chaqiriq Navoiy (199 007 ta ), Sirdaryo (232 702 ta) va Jizzax (248 777 ta) viloyatlarida kuzatildi.
Maʼlumot uchun, o‘tgan 2022-yil tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushgan edi.