Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » “E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI YUZASIDAN SEMINAR

“E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI YUZASIDAN SEMINAR

14 июль 2023 йил
130
0

 

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan Jizzax shahar hokimligida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ro‘yxatga olish va e’lon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirish tartibi qoidalarini tushuntirish yuzasidan seminar 2023-yil 14-iyul kuni tashkil etildi.

 

Hozirgi kunda Jizzax shahar hokimligi va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi ishga tushgandan bugungi kunga qadar jami 1 545 ta hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 871 ta hokim qarori, 338 ta hokim farmoyishi va 336 ta Kengash qarori hisoblanadi.

 

 

Seminar yakunida Jizzax shahar hokimi 1-o‘rinbosari A.Ergashev, boshqarma mas’ul xodimi Sh.Sulaymonov va tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Asatullayevlar xodimlar tomonidan berilgan savollarga qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda javoblar berishdi.

 

Albatta, bu kabi seminar, davra suhbatlari xodimlarning ish salohiyatini oshishiga, huquqiy ong, madaniyatning shakllanishiga, qonunbuzilishi holatlarning oldi olinishiga hamda eng muhimi davlat organlari faoliyatining takomillashishiga zamin yaratadi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар