NAVBATDAGI SAYYOR QABUL
Jizzax shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab – quvvatlash bo‘limi majlislar zalida 2023-yil 8-iyul kuni 1-sektor rahbari, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda shahar hokimligi xodimlari, tegishli idoralar, tashkilotlar rahbarlari va mahalla oqsoqollari ishtirok etishdi.
Qabul davomida 30 nafar fuqaro murojaat qilishdi. Shundan moddiy yordam va kredit masalasida 18 ta, qolgan 12 tasi esa yo‘l ta’miri, uy-joy ta’miri va mahallaga suv olib kelish masalalaridan iborat edi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)