4-SEKTORNING NAVBATDAGI SAYYOR QABUL
Joriy yilning 15-iyun kuni Jizzax shahar 4-sektor rahbari Jo‘rabek Axbo‘tayev rahbarligida Bog‘ishamol mahalla binosida mahalla hokim yordamchisi, mahalla raisi, mahalla profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamda mahalla hotin-qizlar faollari birgalikda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazishdi.
Sayyor qabul davomida ikki nafar sharoiti og‘ir yoshlar murojatiga asosan subsidiya asosida har biriga noutbuk berildi. Fuqarolarni va yoshlarimizni qiynab kelayotgan muammolar va Bog‘ishamol mahallasi hududida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)