YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Mamlakatimizda mutlaqo yangicha tizim asosida yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha har bir mas’ul rahbarlarga yoshlarning manzilli ro‘yxatlari yetkazildi va yoshlar muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan ma’lumotlarni doimiy ravishda shtabiga kiritib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, Jizzax shahar hokimi, 1-sektor rahbari Komil Xolmurodov joriy yil 6-iyun kuni 1-sektor hududidagi “Bunyodkor”, “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi og‘ir toifaga kiritilgan 10 nafardan ortiq yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda har bitta yoshning muammosi tinglanib, ularning oldidagi muammolari yechimi bo‘yicha tushuntirildi va ularga amaliy yordam berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati