HAYOTINGIZNI ASRASH O‘ZINGIZNI QO‘LINGIZDA
Kunlarning isib ketishi bilan daryo kanal ochiq suv xavzalari anhor va ko‘llarda cho‘milishga ehtiyoj seziladi. Insonlarning xordiq chiqarish maqsadida salqinroq joy izlab, sayohatga otlanadi. Dam olish maskanlari.Cho‘milish havzalari yanada gavjum tus oladi.
Ha, bunday vaziyatlarda cho‘miluvchilar sonining ortishi tabiiy. Ona tabiat bag‘rida maroq chiqarib, dam olib asablarni tinchlantirish, toza havodan to‘yib nafas olish, zilol suvda cho‘milib salqinlashga nima yetsin. Afsuski ayrim hollarda suv havzalarida cho‘milish ko‘ngilsiz holatlar bilan yakun topadi.
Cho‘milishning huzurbaxshliligi bilan bir qatorda, har yili dunyo bo‘ylab 300 ming nafarga yaqin insonlar mana shu huzur istagida belgilanmagan joylarda cho‘milishlari oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumayotganligi, yoki bo‘lmasa har yili kemalar suvga tushib cho‘kib ko‘p sonli kishlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi kishini o‘yga to‘ldiradi.
Baxtsiz, ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan shahar hududidan o‘tuvchi “Sangzor” daryosida aholining cho‘milishi ko‘p uchrab turadi. Shu boisdan daryoning ko‘zga ko‘rinadigan fuqarolarning cho‘milishi kuzatiladigan joylarga “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Cho‘milish mumkin emas!” so‘zlari yozilgan taqiqlovchi belgilar o‘rnatildi.
Shuningdek, cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan joylar, daryo, soy, kanal va ariqlar ochiq qo‘riqlanmaydigan suv havzalariga “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Cho‘milish mumkin emas!” so‘zlari yozilgan taqiqlovchi belgilar o‘rnatilib, ochiq suv havzalariga yaqin hududda joylashgan litseylar, maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurt talabalari bilan ochiq suv havzalarida (daryolar, suv omborlari, kanallar hamda yirik ariqlarda) cho‘milmaslik yuzasidan suhbatlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Shu bilan birga yopiq suv havzalari akvatoriyalar, plyajlar va basseynlarda ruhsat etilgan belgilangan joylarda, cho‘milish qoidalariga rioya etgan holda cho‘milishlari bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilib, fuqarolarga tushuntirish targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
“Suvda cho‘kish men va mening yaqinlarim bilan sodir bo‘lmaydi” - degan befarqlik va beparvolik baxtsiz ko‘ngilsiz xodisalarni keltirib chiqaradi.
Bu kabi ochiq suv havzalari hayotingiz uchun xavflidir. Yana bir narsa, suzishni bilish xavfsizlikka kafolat bo‘la olmaydi.
Shu sababli, Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Ogohlantiradi!!!
Aziz yurtdoshlar, suv havzalarida fuqarolarning cho‘kib halok bo‘lishlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:
- hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, ko‘l, suv ombori, kanal va ariq) cho‘milmang;
- “Cho‘milish taqiqlanadi” maxsus belgilariga qat’iy amal qiling;
- yozgi ta’til davrida bolalarni belgilanmagan joylarga cho‘milishga borishlariga yo‘l qo‘ymang;
- yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;
- spirtli ichimliklar iste’mol qilib, cho‘milishga bormang;
- faqatgina cho‘milish ruhsat etilgan maxsus suv havzalarida cho‘miling.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish faqat Sizning salomatligingiz va hayotingiz kafolati ekanligini unutmang!