TASHQI REKLAMA OBYEKTLARI QONUN TALABLARIGA MOSLASHTIRILMOQDA
Shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun nazorati yuzasidan Jizzax shahar Sharof Rashidov shoh ko‘chasida joriy yilning 22-may kuni o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan joylarda monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
O‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan tashqi reklama konstruksiyalari (e’lonlar) egalariga mavjud qonun-qoidalar bo‘yicha tegishli ma’lumot, tushuntirishlar va ogohlantirish xatlari berildi. Natijada mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf qilishga erishildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)