Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » “ZULFIYA” MUKOFOTI MUBORAK BO‘LSIN SAMIRA SHOKIROVA

“ZULFIYA” MUKOFOTI MUBORAK BO‘LSIN SAMIRA SHOKIROVA

10 март 2023 йил
220
0

 

   Yurtimizda har yili 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan faol, tashabbuskor, ijodkor, sportchi va har jabhada o‘rnak bo‘la oladigan qizlarga “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti topshirilishi an’anaga aylangan.

Bu yil ham ikki nafar Jizzaxlik qizlar ushbu yuksak mukofotga loyiq ko‘rildi. Ulardan biri Samira Shokirova o‘zi o‘qiydigan maktabda tantanali kutib olindi

 Samira Shokirova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlardan biri. Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfida tahsil olayotgan Samira ayni vaqtda Qilichbozlik sport turi bilan muntazam shug‘ullanadi.

 Ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olibi, oltin medallar sohibi o‘laroq O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida bir necha bor baland ko‘tarish baxtiga musharraf bo‘lgan.

 U o‘zi o‘qiydigan maktabda Jizzax shahar hokimligi mas’ullari, maktab pedagog jamoasi, ustozlari va o‘quvchilar tomonidan tantanali kutib olindi.

Respublikamizning boshqa hududlarida ham Samira kabi turli sohalarda ulkan marralarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan yoshlar soni ortib bormoqda.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар