RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Shu yangi O‘zbekiston ko‘chalarimi?” nomli postiga
RASMIY MUNOSABAT
Jizzax shahar hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan holat o‘rganildi. Unga ko‘ra, Shodlik mahallasi Dehqonobod ko‘chasi ta’mirga muhtoj bo‘lib, aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun noqulaylik tug‘dirayotganligi aniqlangan.
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 2022-yil 4-iyuldagi VI-43-88-3-55-K/22 sonli qaroriga asosan, Xayrobod, Zilol va Shodlik mahalladagi ta’mirga muhtoj ko‘chalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi 2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlari amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-172 sonli qaror doirasida 2023-yilda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.