Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » HAYOTGA QARSHI JINOYATLAR VA MAZKUR JINOYATLARNI OLDINI OLISH CHORALARI

HAYOTGA QARSHI JINOYATLAR VA MAZKUR JINOYATLARNI OLDINI OLISH CHORALARI

04 февраль 2023 йил
191
0


   O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi bo‘lib, unga tajovuz qilish eng og‘ir jinoyatdir.

   Qasddan odam o‘ldirish jinoyati ham to‘g‘ri, ham egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish qasdi bilan harakat qiladi, qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetadi, o‘lim yuz berishini istaydi (to‘g‘ri qasd) yoki bunga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi (egri qasd).

   Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etilishi mumkin, chunki, bunda aybdor o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, jabrlanuvchining o‘limiga ko‘zi yetgan va uning o‘limini istagan bo‘ladi, biroq o‘lim aybdorga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra (jabrdiydaning faol qarshiligi, boshqa shaxslarning aralashuvi, jabrlanuvchiga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilganligi va h.k tufayli) yuz bermaydi. Shu sababli, aybdorning jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish niyatida harakat qilgan-qilmaganligini, o‘lim yuz berishini istagan-istamaganligini va qanday holatlar istalgan natija yuz berishiga to‘sqinlik qilganligini aniqlash zarur.

   Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatidan farqlash uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini, uning o‘z harakatlari oqibati, ya’ni jabrlanuvchining o‘limiga nisbatan sub’ektiv munosabatini inobatga olish darkor.

Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga og‘ir shikast yetkazish shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan hollarda esa, o‘limga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi.

   Aybdorning qasdi nimaga qaratilganligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda qilmishning barcha holatlari majmuidan kelib chiqilishi, xususan, jinoyatni sodir etish usuli va quroli, tan jarohatlari soni, xususiyati va o‘rni (masalan, odam hayoti uchun muhim a’zolarning jarohatlanganligi), jinoiy harakatlar to‘xtashi sabablari, shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining jinoyat sodir etilgunga qadar bo‘lgan fe’l-atvori, o‘zaro munosabatlari, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakatlari xususiyati e’tiborga olinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasiga ko‘ra - Qasddan odam o‘ldirish - o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

   Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni: a) ikki yoki undan ortiq shaxsni; b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni; v) aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; g) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini; d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda; ye) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; j) o‘ta shafqatsizlik bilan; z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda; i) tamagirlik niyatida; k) milliy yoki irqiy adovat zamirida; l) bezorilik oqibatida; m) diniy taassublar zamirida; n) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida; p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda; r) takroran yoki xavfli residivist tomonidan; s) o‘ta xavfli residivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi — o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

 

Ergash Qarshiev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNGA OID XALQARO HUQUQIY XUJJATLAR
30 январь 2023, Понедельник
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNGA OID XALQARO HUQUQIY XUJJATLAR
TALONCHILIK JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI
30 январь 2023, Понедельник
TALONCHILIK JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
01 декабрь 2021, Среда
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар