Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » JIZZAX SHAHAR HOKIMLIGINING NAVBATDAGI PRESS-TURI

JIZZAX SHAHAR HOKIMLIGINING NAVBATDAGI PRESS-TURI

30 январь 2023 йил
137
0


 

 

 2023-yil 23-yanvar kuni Jizzax shahridagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga “Navruz” MFY raisi Murodov M., mahalladagi hokim yordamchisi Murodov T., blogerlar hamda jurnalistlar bilan birga press tur tashkil etildi.

 Dastlab, Jizzax shahridagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Feruza Hazratqulova binoning qachon qayta ta’mirlangai, nechta o‘ringa mo‘ljallanganligi, isitish tizimidagi sharoitlarni va qolaversa bog‘chaning barcha qulayliklari haqida tanishtirib o‘tdi.

 Jizzax shahar 1-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021-yil 10-sentabrda qayta ta’mirlanib foydalanishga topshirilgan.

 1-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotda 180 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 40 ta xodim faoliyat olib boradi.

 Tashkilotda 16 nafar pedagog xodim bo‘lib ularning barchasi oliy ma’lumotli hisoblanadi.

 1-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida 6 ta o‘quv xonasi, 1 ta faollar zali, 1ta logoped, 1ta psixolog va ingliz tili xonalari mavjuddir.

Shuningdek, 1-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rus tili, ingliz tili, gimnastika, raqs va musiqa to‘garaklari tashkil qilingan. Qisqa qilib aytagnda bolajonlar uchun barcha sharoitlar bor.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар