Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNGA OID XALQARO HUQUQIY XUJJATLAR

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNGA OID XALQARO HUQUQIY XUJJATLAR

30 январь 2023 йил
141
0

   Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi illat bo‘lib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonun ustuvorligiga to‘sqinlik qiladi.

   Korrupsiya so‘zi — lotincha “pora berib sotib olish” maʼnosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida o‘zi mustaqil jinoyat tarkibi bo‘lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.

Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.

   Taʼkidlash lozimki, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini taʼminlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korrupsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.

Shuning uchun ham demokratik davlatlar korrupsiyani rivojlanish va yangilanishning ildiziga bolta uruvchi xavfli illat sifatida tan olib, bu borada tizimli ravishda ish olib borishni o‘zlarining asosiy vazifalari deb belgilaganlar.

   Bu borada 2003-yil 31-oktabrda BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qabul qilingan bo‘lib, unga 160 dan ortiq davlat aʼzo bo‘lgan.

   Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlaridan asosiylari shuki, amalda korrupsiyaning samarali oldini olishga yordamlashish, bu borada xalqaro hamkorlik va texnik yordamni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash, yengillashtirish, shu jumladan, moliyaviy mablag‘larni qaytarish, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy mulkni boshqarishda halollik, poklik va rostgo‘ylikni rag‘batlantirish hamda yoqlashdir.

Konvensiyaning 1-bobida asosiy holatlar haqida fikr yuritilgan bo‘lsa, 2-4 boblarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar, kriminallashuv, huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat va xalqaro hamkorlik borasida tushuntirishlar berilgan.

   Shu bilan bir qatorda, mazkur Konvensiyaning 6-moddasiga binoan, har bir davlat o‘z huquqiy tizimiga asoslanib korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus organ yoki organlarni taʼsis etishi lozimligi va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya qoidalarini, bilimlarni keng yoyishi haqida aytib o‘tilgan. Bu borada Respublikamizning Prokuratura, IIV, MXX va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralarida korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan bir qator boshqarma va bo‘limlar mavjud.

Korrupsiya mavzusi keyingi paytda dolzarb ahamiyat kasb etgani hech kimga sir emas. Mazkur illatga nisbatan odamlarda ko‘nikma shakllanib qolishining oldini olish va unga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bu borada asosiy maqsad hisoblanadi.

   Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy meʼyorlarni ishlab chiqish, avvalambor, ular qabul qilingandan so‘ng qay darajada samara berishi mumkinligi haqida oldindan atroflicha o‘ylab ko‘rishni talab qiladi. Qabul qilingan barcha huquqiy meʼyorlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, korrupsiya jamiyat mexanizmlarining normal faoliyatiga, milliy iqtisodiyot rivojiga hali ham to‘sqinlik qilib kelmoqda. Bu esa fuqarolarda davlat institutlariga nisbatan ishonchsizlik uyg‘onishiga, O‘zbekistonning xalqaro doiradagi obro‘siga putur yetishiga sabab bo‘lmoqda.

   Bu illatga qarshi kurashni jahon talablari asosida shakllantirish maqsadida 2008-yilda mamlakatimiz BMTning “Korrupsiyaga qarshi” konvensiyasini ratifikatsiya qildi va shu yili “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi” konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu konvensiya talablari korrupsiyaga oid milliy qonunchilikni yana bir bor tahlil etish, zaruriy huquqiy meʼyorlarni qabul qilish va shu orqali korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.

   Maʼlumki, huquqiy meʼyorlar samaradorligi — huquqiy meʼyor va undan ko‘zlangan maqsadning huquqiy meʼyor amaliyotga joriy etilgandan so‘ng erishilgan natijalar bilan mutanosibligidir. Korrupsiyaga oid huquqiy meʼyorlarning samaradorligiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ular huquqiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Ushbu omillar sirasiga quyidagilar kiradi:

   1) qonun va boshqa huquqiy meʼyorlarning sifat darajasi;

   2) huquqni qo‘llash faoliyatining sifat darajasi.

Korrupsiyaga oid huquqiy meʼyorlarning samaradorligi yana bir qator ijtimoiy omillarga ham bog‘liq.

   Jumladan:

   1) Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Muayyan bir mamlakatning iqtisodiy ahvoli mazkur mamlakatda korrupsiya darajasiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat xizmatchilarining moddiy taʼminlanganlik darajasi ham korrupsiya ko‘lamiga taʼsir etuvchi asosiy omillardan biridir.

   2) Jamiyatning huquqiy madaniyati darajasi. Bu hal qiluvchi omillardan biri bo‘lib, har qanday huquqiy meʼyor ushbu omil tufayli mutlaqo samarasiz bo‘lishi mumkin. Bunda insonlarning huquqiy jarayonlarga beparvoligi, “sen menga tegmasang, men senga tegmayman”, “nima, faqat mening o‘zimmi?” qabilida ish yuritishi asosiy sabablardan biridir.

   3) Huquqiy meʼyor talablarining jamiyat taraqqiyotiga mutanosibligi. Agar jamiyat rivojlanishda ilgarilab ketib, buning natijasida mavjud huquqiy meʼyorlar eskirib qolgan bo‘lsa, bunday holatda ham huquqiy meʼyordan samara kutish foydasizdir.

 

Jizzax tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi            

M.Yuldas

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

TALONCHILIK JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI
30 январь 2023, Понедельник
TALONCHILIK JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
01 декабрь 2021, Среда
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
KO'P YILLAR TASHLANMAGAN QADAMLAR BU YIL BOSILDI
27 ноябрь 2021, Суббота
KO'P YILLAR TASHLANMAGAN QADAMLAR BU YIL BOSILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар