Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » TALONCHILIK JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI

TALONCHILIK JINOYATI TUSHUNCHASI, UNING SALBIY OQIBATLARI

30 январь 2023 йил
225
0

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq dahlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.

O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb, hujum qilib hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatganda yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitganda esa bosqinchilik deb tavsiflanadi.

Aybdor, jabrlanuvchi va boshqalarning ko‘z oldida o‘zganing mulkini egallab olayotganligini va ular uning harakatlarining jinoiy xususiyatini tushunganligini anglaganda, o‘zganing mulkini oshkora talon-toroj qilish talonchilik hisoblanadi.

Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda tovlamachilikda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish mulkni zo‘rlik ishlatayotgan vaqtda emas, balki kelajakda qo‘lga kiritishga qaratilishiga e’tibor berish lozim. Agar qo‘rqitish amalda ishlatilsa, qilmish JKning tovlamachilik haqidagi moddasi bilan va asoslar bo‘lganda qo‘rqitish amalga oshirilayotganda sodir etilgan harakat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ham tavsiflanishi lozim.

O‘zgalar mulkini talonchilik va o‘g‘rilik bilan egallagan va aybdor bu mulkdan o‘z xohishicha foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan vaqtdan boshlab, bosqinchilik esa jabrlanuvchining hayot va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yoki shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib hujum boshlangan vaqtdan boshlab, tugallangan hisoblanadi. Hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish deganda uning ishlatilishi jabrlanuvchining hayoti uchun aniq bo‘lgan xavfni vujudga keltiruvchi holat (masalan, jabrlanuvchini bo‘g‘ish, boshini suv ostida ushlab turish va h.k.) tushuniladi.

Sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish deganda, jabrlanuvchiga sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan tan jarohati yetkazish yoki shunday tan jarohatini yetkazish xavfini tug‘diruvchi harakatlar (chakkaga, quyosh o‘rilmasiga urish va h.k.) tushuniladi. Qonun mazmuniga ko‘ra bosqinchilikda zo‘rlik ham jismoniy, ham ruhiy bo‘lishi mumkin.

 G‘iyosiddin Yalgashev

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Jizzax shahar sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар