Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Yoshlar muammolarini hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Nukus shahar tajribasi” Jizzax shahrida ham olib borilmoqda

Yoshlar muammolarini hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Nukus shahar tajribasi” Jizzax shahrida ham olib borilmoqda

18 октябрь 2022 йил
376
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga asosan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda — mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish etib belgilandi.

Shu qaror asosida respublikamizning barcha hududlarida 2022-yil 29-sentyabrdan boshlab, uyma-uy yurgan holda yoshlar xatlovi amalga oshirilmoqda.

Shu kunga qadar, Jizzax shahrida yetakchilar tomonidan jami 17320 nafar yoshlar xatlovga olingan bo‘lsa, shundan 9033 o‘g‘il bolalar, 8287 qiz bolalar bo‘lib, yoshlar daftariga tavsiya etilgan yoshlar soni esa, 189 nafarni tashkil etadi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар