Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida shahar sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan tashkil qilindi. Ochiq muloqot tarzida uchrashuvda yigit-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim izlandi. Shu bilan birga Jizzax shahar IIB JXX probatsiya guruhi nazoratida jazo o‘tayotgan yoshlarning masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati