Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan shahar hududida joylashgan Davlat organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklar ro‘yxati shakllantirilib, ularga kadastr hujjatlari rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlanib, 33 ta maktab umumiy yer maydoni 56.715 m2 shundan bino va inshoot 882.48m2 bo‘lgan obyektlarga kadastr pasporti shakllantirilib davlat ro‘yxatidan o‘tqazildi.
Jumladan: Jizzax shahar hududida faoliyat yuritayotgan 31 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 5ta kollej, 3ta litsey, 2ta oliy taʼlim muassasasi hamda 18ta tibbiyot muassasalariga ham kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib davlat ro‘yxatidan o‘tqazildi.Jumladan: Jizzax shahar hududida faoliyat yuritayotgan 31 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 5ta kollej, 3ta litsey, 2ta oliy taʼlim muassasasi hamda 18ta tibbiyot muassasalariga ham kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib davlat ro‘yxatidan o‘tqazildi.
Yuqorida ko‘rsatilgan obyektlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2571–sonli qaroriga muvofiq“Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” yaʼni «UZKAD» axborot tizimi, “Ko‘chmas mulk va kadastrni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashtirilgan axborot tizimi”da ham ro‘yxatdan o‘tqazildi.