Yoshlar innovatsion markazida konferens zalida "Kelajak liderlari" maxsus o‘quv dasturi 1-mavsum bitiruvchilarining viloyatimizdagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Avvalo bitiruvchilar S.Mirzakabilov, Sh. Kamalov, O. Shavkatov tomonidan Jizzax "Kelajak liderlari" klubi a'zolari bilan uchrashuv davomida o‘zlarining 5 yillik faoliyatlari, maxsus o‘quv dasturiga ishtirokchi sifatida qabul qilinish mexanizmi hamda u yerda to'plangan bilimlar xususida to'xtalib o‘tildi.
So‘ng Klub faoliyatining yutuq va kamchiliklari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 50 nafar klub a'zolari "elak"dan o‘tkazilish kerakligi, faol klub a'zolari rag‘batlantirilishi, sust faoliyat olib boruvchilar esa klub a'zoligidan chiqarilishi kerakligi ta'kidlandi.
"Kelajak liderlari" klubi a'zolari tomonidan klub faoliyatini yanada yuksaltirish uchun takliflar berildi. Xususan, F. Pardaboyev kredit ball tizimiga to‘xtalib, kredit ballni o‘qish va ishdagi har qanday faoliyat uchun emas, aksincha faqat munosib bo‘lgan faoliyatlar uchungina berilish kerakligi aytildi.
Uchrashuv qizg’in baxs-munozaralarga, fikrlar xilma-xilligiga boy bo‘ldi.
Jizzax "Kelajak liderlari" klubi Axborot xizmati