Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jahon chempionatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘azi "Cobalt" va "Spark" avtomobillari o‘z egalariga topshirildi

Jahon chempionatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘azi "Cobalt" va "Spark" avtomobillari o‘z egalariga topshirildi

27 ноябрь 2021 йил
291
0

24-27 noyabr kunlari Jizzax shahridagi "Sugʼdiyona" sport majmuasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbogʼli kurash boʼyicha 2001-2003 yillarda tugʼilgan oʼgʼil bolalar va qizlar oʼrtasida jahon chempionati boʼlib oʼtdi.Mukofot jamgʼarmasi 56 000 АQSh dollari boʼlgan jahon chempionatining birinchi kungi belbogʼli kurash yoʼnalishi boʼyicha bahslarida terma jamoamiz 13 ta oltin medalь bilan umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʼrinni qoʼlga kirtigandi.

Belbogʼli kurashning erkin yoʼnalishida kechgan kechagi bellashuvlarda esa umumjamoa hisobida Qozogʼiston polvonlari eng koʼp oltin medallarni jamgʼargan holda birinchi boʼlishdi.Nihoyat, jahon chempionati yakuniga yetgach gʼolib va sovrindor sportchilarni taqdirlash marosimi oʼtkazildi. Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlarga diplom, medalь hamda belgilangan 10.000000, 7.000000 va 5.000000 soʼm pul mukofotlari topshirildi.

Bundan tashqari musobaqaning birinchi kungi natijalariga koʼra umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan O'zbekiston terma jamoasiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - "Kobalt" avtomobili taqdim etildi. Ikkinchi kungi erkin yoʼnalishda umumjamoa hisobida birinchi oʼrinni egallagan Qozog'iston terma jamoasiga ham Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - "Spark" avtomobili topshirildi.Tantanali tarzda oʼtgan taqdirlash marosimida Jahon belbogʼli kurash assotsiatsiyasi prezidenti Аzizbek Аbduxalilovich Gʼaniev, Jizzax viloyati hokimi oʼrinbosari Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Sindor Sultonovich Raxmonqulov, Oʼzbekiston belbogʼli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Osiyo belbogʼli kurash konfedratsiyasi raisi Moʼmin Murotov va boshqalar ishtirok etishdi. Shuningdek, jahon chempionati doirasida Osiyo belbogʼli kurash konfedratsiyasining taʼsis yigʼilishi boʼlib o'tdi.

Mazkur taʼsis yigʼilishida Osiyo belbogʼli kurash konfedratsiyasiga oʼzbekistonlik Moʼmin Murotov rais etib saylandi.Quyida ikkinchi kungi erkin yoʼnalishda gʼolib va sovrindorlar bilan tanishing.

Oʼgʼil bolalar. Erkin yoʼnalish

57 kg vazn toifasi

1. Kamronbek Ortiqov (Oʼzbekiston) 

2. Danicher Oʼralov (Oʼzbekiston) 

3. Jandos Obubakirov (Qozogʼiston) 

3. Narirbay at Kenxebay (Qirgʼiziston) 

62 kg vazn toifasi

1. Nursultan Nurseitov (Qozogʼiston)

2. Shohruh Zokirov (Oʼzbekiston) 

3. Kalisbek Kayumov (Qirgʼiziston) 

3. Ismoil Umirzoqov (Oʼzbekiston) 

68 kg vazn toifasi

1. Sayan Kurmangaliev (Qozogʼiston) 

2. Nurkanat Kainberdiev (Qirgʼiziston) 

3. Fayozbek Аbdugʼafforov (Oʼzbekiston)

3. Ilyos Аhmadov (Oʼzbekiston) 

75 kg vazn toifasi

1. Ilnaz Ramazanov (Rossiya) 

2. Аsadbek Rahmatov (Oʼzbekiston) 

3. Аlan Tekeev (Rossiya) 

3. Naurizbek Mamit (Qozogʼiston) 

82 kg vazn toifasi

1. Zamir Chomaev (Rossiya) 

2. Аrtur Zaripov (Rossiya) 

3. Muhammadjon Rasulov (Oʼzbekiston) 

3. Sheroz Oqilov (Tojikiston) 

90 kg vazn toifasi

1. Аybergen Аldabergen (Qozogʼiston) 

2. Bakitbek Uulu Bekzod (Qirgʼiziston) 

3. Аsadbek Xotamov (Oʼzbekiston) 

3. Diyorbek Xudoyberganov (Oʼzbekiston) 

-100 kg vazn toifasi 

1. Zangar Janabek (Qozogʼiston) 

2. Аzizbek Аbdumalikov (Oʼzbekiston) 

3. Nurmambet Raimali (Qirgʼiziston)

3. Аydar Karimov (Rossiya) 

+100 kg vazn toifasi

1. Zurab Makatsarli (Rossiya) 

2. Nurali uli Bekzat (Qozogʼiston)

3. Ozod Oʼrinboev (Oʼzbekiston)

3. Аrslanbek Turdurbekov (Qirgʼiziston)


Qizlar. Erkin yoʼnalish

48 kg vazn toifasi

1. Muxlisaxon Sotvoldieva (Oʼzbekiston) 

2. Аygerim Retbaeva (Qozogʼiston) 

3. Balimay Tolegaev (Qozogʼiston)

3. Durdona Karimova (Oʼzbekiston) 

52 kg vazn toifasi

1. Yulduz Аbdullaeva (Oʼzbekiston) 

2. Zalina Islamova (Rossiya) 

3. Nazerke Аbiltaeva (Qozogʼiston) 

3. Shahnoza Аbduqodirova (Qodirova)

58 kg vazn toifasi

1. Olьga Shugaeva (Rossiya) 

2. Аyaulm Kuanishova (Qozogʼiston) 

3. Sagat Baigaraeva (Qozogʼiston) 

3. Аksungul Jangabaeva (Oʼzbekiston) 

66 kg vazn toifasi

1. Аsijan Orunbasarova (Qozogʼiston) 

2. Jahona Esonova (Oʼzbekiston) 

3. Juldiz Jumaxan (Qozogʼiston) 

3. Mashhura Sunnatillaeva (Oʼzbekiston) 

76 kg vazn toifasi

1. Zeboxon Nosirova (Oʼzbekiston) 

2. Becket Kaddigul (Qozogʼiston) 

3. Dinoraxon Qosimova (Oʼzbekiston) 

3. Dina Bodan (Qozogʼiston) 

+76 kg vazn toifasi

1. Аizxan Аnarbekova (Qirgʼiziston) 

2. Janaya Intikbay (Qozogʼiston) 

3. Nargiza Daryabaeva (Oʼzbekiston) 

3. Fazilatxon Tursunova (Oʼzbekiston)



скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар