Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahridagi ta’lim muassasa va tashkilotlarda ma’naviyat va ma’rifat ishlari qay darajada olib borilmoqda?

Jizzax shahridagi ta’lim muassasa va tashkilotlarda ma’naviyat va ma’rifat ishlari qay darajada olib borilmoqda?

17 ноябрь 2021 йил
540
0

Jizzax shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi tomonidan 11-noyabr kuni Jizzax shahridagi davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalarida joriy yil 26- martdagi "MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA" gi Prezident Qarori ijrosi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan 01/01-474-sonli ishchi guruhi tarkibi va savolnomasiga asosan,16-noyabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax shahar bo‘linmasi xodimlari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Abdusattorova, shahar hokimligi Axborot xizmati birgalikda Jizzax shahridagi 23- va 5-sonli umumta’lim maktablari, Jizzax shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati tanqidiy va tahliliy o‘rganildi.

Shahar ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlanishicha,Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 23-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda mas’uliyatsizlikga yo‘l qo‘yilgan. Maktabda "MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi Prezident Qarori va uning ijrosiga oid hujjatlar mavjud emasligi, maktabda tashqi targ‘ibot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi stendlar yo‘qligi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi talab darajasida emasligi aniqlandi.

Shuningdek, Мa’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarida (MMIBDO‘) "MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi Prezident Qarori, shunga muvofiq viloyat va shahar hokimining qarorlari mavjud emas va bu haqida to‘liq ma’lumotga ham ega emas. Maktabda ma’naviyat va ma’rifat kengashi tuzilmagan. O‘rinbosar yillik ish reja va uning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘liq ko‘rsatib bera olmadi. Ishchi guruhi tomonidan MMIBDO‘ va boshqa o‘qituvchilar Prezident Qarorlari, Harakatlar strategiyasi va ijtimoiy-siyosiy mazmunda berilgan savollarga qoniqarli javob bera olmadi. Maktabda “Ma’naviyat va ma’rifat soatlari”, “Sinf soatlari” umuman tashkil etilmagan va bayonnomalar yuritilmagan. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Keyingi o‘rganish manzili Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 5-umumta’lim maktabi  bo‘ldi. Bu maktabda ham "MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi Prezident Qarori, shunga muvofiq viloyat va shahar hokimining qarorlari mavjud emasligi, maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar qoniqarli yo‘lga qo‘yilganligi, yillik ish reja bo‘yicha hisobotlar umumiy tarzda yuritilganligi ma’lum bo‘ldi. Ta’lim muassasasida “Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi” tuzilgan. Ammo ishchi guruhi tomonidan MMIBDO‘ va boshqa o‘qituvchilar Prezident Qarorlari, Harakatlar strategiyasi va ijtimoiy-siyosiy mazmunda berilgan savollarga qisman javob bera oldi. Shuningdek, maktabda “Ma’naviyat va ma’rifat soatlari”, “Sinf soatlari” tashkil etilgan va bayonnomalar yuritilgan. Ta’lim muassasasida ahvol bir muncha yaxshi ammo talab darajasida emas.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Jizzax shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Byudjet tashqari pensiya jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limi faoliyati ham o‘rganilganida ma’lum bo‘lishicha, ushbu tashkilotlarda ham vaziyat ko‘ngildagidek emas ekan. Jizzax shahar Bandlikka ko‘maklashish markazida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim buyruq asosida tayinlanmagan. Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda ish reja tasdiqlanmagan. Tashkilotda “Ma’naviyat va ma’rifat xonasi” tashkil etilmagan.

Byudjet tashqari pensiya jamg‘armasi Jizzax shahar bo‘limida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim buyruq asosida tayinlangan. “Ma’naviyat va ma’rifat burchagi” tashkil etilgan. Ammo  tashkilotda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda ish reja tasdiqlanmaganligi aniqlandi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ta’lim muassasalari va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.O‘rganish ishlari davom etmoqda.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар