Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

DIQQAT E’LON

16 сентябрь 2021 йил
1 847
1

Viloyatimiz hamda shahrimiz fuqarolari diqqatiga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek shaharda ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlarning ko‘lamini kengaytirish maqsadida yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilangan.

Shuningdek, viloyat hokimligining 2021-yil 16-martdagi 123-sonli qarorining 2-ilovasiga asosan 2021-yil Jizzax shahrida yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlari 180 ta etib belgilangan.

Yuqoridagilarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarorining 5-bob, 41-bandiga asosan Jizzax shahriga ajratilgan yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlarida 180 ta etib belgilanib, bugungi kun holatiga ushbu belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli Jizzax shahrida Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali subsidiya asosida uy-joy sotib olish uchun arizalar qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (1)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Xadjimusayeva Nilufar
Xadjimusayeva Nilufar Гости 16 сентября 2021 19:35
Assalomu alaykum. Mening 4 nafar farzandim bor. 16 yildan beri Jizzax shahrida ijarada yashab kelamiz. Turmush o'rtog'im harbiydan nafaqaga chiqqan. Hech qanday imtiyozlardan foudalana olmaganmiz, balki yo'lini topa olmagandirmiz. Erim oilada bosh farzand bo'lganligi bois katta yuk bizning zimmamizga tushavergan. Oyligimiz ijaraga, farzandlarning kiyim-kechagiyu yeb ichishidan ortmaganligi bois uy - joy qura olmadik. Ipoteka kreditiga subsidiya ajratilganligi haqidagi Prezidentimiz farmoni hamda VM sining qarorlarini ko'rganimdan so'ng, hujjat topshirmoqchi edim. Muddat 1 oktabrdan dekabrga cho'zilganini eshitganim uchun bemalol edim. Nega muddatdan oldin to'xtatyapsiz. Endi iloji yo'qmi. Agar imkon bo'lsa yordam bering. 
Фойдали ҳаволалар