Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahar maktablarida davomad reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda

Jizzax shahar maktablarida davomad reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda

16 сентябрь 2021 йил
99
0

So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim sohasini yanada rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'nan yetuk va barkamol qilib tarbiylash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini yanada yaxshilash,  ta'lim jarayonida yoshlarning to'liq va muntazam bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda. Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyatini yanada oshirish yuzasidan amaliy va tashkiliy ishlar yo'lga qo'yilgan.

Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 14-sentyabr kuni Ma'naviyat va ma'rifat markazi Jizzax shahar bo'linmasi tashabbusi bilan shahar xalq ta'limi bo'limi va Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi hamkorligida Jizzax shahridagi 2, 14, 17, 18 va 19-umumta'lim maktablarida davomat reydlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar davomida o'quvchilarining maktab ichki tartib qoidalariga rioya qilishi, maktab formalarining qay darajada talabga javob berishi, yuqori sinf o‘quvchilarning dars jarayonlarida doimiy qatnashishi hamda fan o‘qituvchilari tomonidan dars soatlarining o‘z vaqtida o‘tib borilayotgani kuzatildi. 

Jizzax shahar Ma'naviyat bo'limi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар