Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » "Kelajak liderlari" maxsus o‘quv dasturi 1-mavsum bitiruvchilari va Jizzax "Kelajak liderlari" klubi a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"Kelajak liderlari" maxsus o‘quv dasturi 1-mavsum bitiruvchilari va Jizzax "Kelajak liderlari" klubi a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09 декабрь 2021 йил
360
0

Yoshlar innovatsion markazida konferens zalida "Kelajak liderlari" maxsus o‘quv dasturi 1-mavsum bitiruvchilarining viloyatimizdagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Avvalo bitiruvchilar S.Mirzakabilov, Sh. Kamalov, O. Shavkatov tomonidan Jizzax "Kelajak liderlari" klubi a'zolari bilan uchrashuv davomida o‘zlarining 5 yillik faoliyatlari, maxsus o‘quv dasturiga ishtirokchi sifatida qabul qilinish mexanizmi hamda u yerda to'plangan bilimlar xususida to'xtalib o‘tildi.

So‘ng Klub faoliyatining yutuq va kamchiliklari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 50 nafar klub a'zolari "elak"dan o‘tkazilish kerakligi, faol klub a'zolari rag‘batlantirilishi, sust faoliyat olib boruvchilar esa klub a'zoligidan chiqarilishi kerakligi ta'kidlandi.

"Kelajak liderlari" klubi a'zolari tomonidan klub faoliyatini yanada yuksaltirish uchun takliflar berildi. Xususan, F. Pardaboyev kredit ball tizimiga to‘xtalib, kredit ballni o‘qish va ishdagi har qanday faoliyat uchun emas, aksincha faqat munosib bo‘lgan faoliyatlar uchungina berilish kerakligi aytildi.

Uchrashuv qizg’in baxs-munozaralarga, fikrlar xilma-xilligiga boy bo‘ldi.

 Jizzax "Kelajak liderlari" klubi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар